» » Andijonda yana 6 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Andijonda yana 6 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi


Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Tuzalganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollar. Ularning 4 nafari Andijon shahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda, eng yoshi kichigi 20 yoshda. E’tiborli tomoni, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 10 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalari tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 153 nafarga yetgan.

Avvalroq Namanganda koronavirusga chalingan yana 7 kishi sog‘aygani va O‘zbekistonda tuzalganlar soni 147 nafarga yetgani xabar qilingandi.

16-aprel kuni Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda tuzalganlar soni 129 nafarga yetgan edi. O‘zbekistonda 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1390 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют