» » Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor keldi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor keldi


Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh 17-aprel, juma kuni, O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatga olib kelingan xitoylik shifokorlar va tibbiyot mutaxassislari O‘zbekistonda koronavirusning oldini olish, nazorat qilish va davolashni tashkil etishda mahalliy tibbiyot xodimlariga yaqindan ko‘maklashadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tibbiy guruh Xitoyning Szyansi provinsiyasi ma’muriy markazi Nanchan shahridan kelgan bo‘lib, ushbu provinsiya Xubey provinsiyasi bilan chegaradosh va tuzalib ketgan bemorlar soni bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turadi.

Ma’lum qilinishicha, tibbiy guruh tarkibiga virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar kirgan. Ular orasida 2020-yilning yanvar—fevral oylarida Xitoyda koronavirusga qarshi milliy kurash doirasida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri COVID-19 ning tarqalish markazi Uxan shahriga va Xubey provinsiyasining boshqa shaharlariga yuborilgan yetakchi klinikalarning tajribali shifokorlari ham bor.

Xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham O‘zbekistonga olib kelindi.

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda O‘zbekistonga yordam berish uchun yo‘lga chiqqani haqida xabar bergandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha xitoylik mutaxassislar O‘zbekistonga kelishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxiridan buyon O‘zbekistonda koreyalik professor, epidemiolog Soy Chje Uk koronavirusga qarshi kurashda o‘z yordamini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Janubiy Koreyadan yana bir mutaxassis kelishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют