» » Angliya terma jamoasi safida JCh—1966 da g‘olib chiqqan Norman Hanter koronavirusdan vafot etdi

Angliya terma jamoasi safida JCh—1966 da g‘olib chiqqan Norman Hanter koronavirusdan vafot etdi


Angliya terma jamoasi va “Lids” klubi sobiq futbolchisi Norman Hanter koronavirus tufayli 76 yoshida vafot etdi. Bu haqida “Lids” rasmiy sayti ma’lum qildi.

Norman o‘tgan hafta koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. 17-aprel tongida sobiq futbolchi hayot bilan vidolashgan.

“Uning o‘limi “Lids” oilasini chuqur qayg‘uga soldi. Hanterning merosi hech qachon unut bo‘lmaydi. Bizning fikru xayolimiz og‘ir judolikka uchragan Normanning oila a’zolari va do‘stlari bilan”, — deyiladi klub bayonotida.

Hanter Angliya terma jamoasi bilan 1966-yili Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan, Yevro—1968 musobaqasida esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan. U 1962-yil 18 yoshida “Lids” safida debyut qiladi va 1976-yilgacha jamoa libosini himoya qiladi. “Lids” safida u ikki bor Angliya chempionatida g‘olib chiqadi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritadi.

Mavzuga doir: “Hillsboro fojiasi”da omon qolgan “Liverpul”ning 65 yoshli muxlisi koronavirusdan vafot etdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют