» » G‘uzorning yangi hokimi birinchi maoshini moddiy yordamga muhtoj oilalarga xayriya qildi

G‘uzorning yangi hokimi birinchi maoshini moddiy yordamga muhtoj oilalarga xayriya qildi


G‘uzor tumanining yangi tayinlangan hokimi Bekzod Suyunov birinchi maoshini moddiy yordamga muhtoj oilalarga xayriya qildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Xudoyberdi Yo‘ldoshev ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, xalq deputatlari G‘uzor tuman kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi Bekzod Suyunov birinchi oylik-maoshini mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi qoshida tashkil etilgan xayriya fondiga o‘tkazib berishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, xayriya fondi mablag‘lari moddiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan bo‘lgan suhbatida viloyat hokimi rag‘batlantiruvchi mablag‘lar bilan birga 10 million so‘mgacha maosh olishini ta’kidlagandi. Tuman hokimlari qancha maosh olishi esa shu kungacha jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, G‘uzor hokimi vazifasiga kirishgan Bekzod Suyunov 2018-yilning avgust oyidan tuman prokurori lavozimida ishlab kelgan. Sobiq hokim Sa’dulla Boboqulov sog‘lig‘i tufayli ishdan ketgach, Bekzod Suyunov hokim vazifasini bajarishga kirishdi. Tumanga hozircha prokuror tayinlanmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют