» » Samarqandda 63 yoshli fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

Samarqandda 63 yoshli fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi


Samarqandda karantin sabab hot-dog tayyorlab bermagan 63 yoshli fuqaroni kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Hod-dog tayyorlab bermagani uchun kaltaklangan bozor qorovuli Husanali Murodov “Daryo”ga shikoyat qilib, IIB uni kaltaklagan fuqaroga nisbatan chora ko‘rmayotganini bildirgandi.

“Daryo” surishtiruvi davomida esa keksa otaxonni kaltaklagan fuqaro 32 yoshli A.T. ekanligi va mushtumzo‘r 2 oy ilgari ham qilmishi uchun qamalib chiqqani ma’lum bo‘lgandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yilning 29-mart kuni taxminan soat 02:30 da 32 yoshli A.T. Samarqand shahrida joylashgan “Tabiat-saxovat” dehqon bozori oldida joylashgan do‘kon oldiga kelib, shu do‘konda norasmiy qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro, 63 yoshli Husanali Murodovga qorni ochganligini va unga hot-dog tayyorlab berishini so‘ragan.

Ammo Husanali Murodov karantin sababli do‘kon yopiqligini aytganidan so‘ng u bilan janjallashib qolib, A.T. otaxonni qasddan urib-do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va A.T.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...