» » O‘zini “bloger” deb tanishtirgan samarqandlik tadbirkor IIB xodimlari ishiga xalal bergani uchun 15 sutkaga qamaldi

O‘zini “bloger” deb tanishtirgan samarqandlik tadbirkor IIB xodimlari ishiga xalal bergani uchun 15 sutkaga qamaldi


O‘zini “bloger” sifatida tanishtirib, IIB xodimlari faoliyatiga xalal bergan samarqandlik tadbirkor 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 15-aprel kuni soat taxminan 10:00 da Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimlari hamda sohaviy xizmat vakillari Nexia avtomashinasini to‘xtatadi. YPX xodimlari haydovchidan hujjat so‘raganda, haydovchining yonida o‘tirgan yo‘lovchi o‘zini “bloger”man deb tanishtirib, YPX xodimlarini tasvirga ola boshlaydi. Va ish faoliyatiga xalal beradi.

YPX xodimlari ogohlantirishiga qaramasdan fuqaro xalal berishda davom etadi va IIB xodimlariga “hali kerakli joyda javob berasanlar, men senlar bilan sudda gaplashaman” deya ularga qo‘pollik qiladi.

Karantin qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Xodimlar faoliyatiga xalal berib, davlat xizmatchilarini tasvirga olgan va haqorat qilgan tadbirkorga nisbatan barcha hujjatlar to‘planib, Samarqand shahar ma’muriy sudiga jo‘natilgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudi fuqaroni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют