» » Karantin qoidalarini buzib, blokpostdan niqobsiz qo‘shni viloyatga o‘tmoqchi bo‘lgan samarqandliklar 10 sutkaga qamaldi

Karantin qoidalarini buzib, blokpostdan niqobsiz qo‘shni viloyatga o‘tmoqchi bo‘lgan samarqandliklar 10 sutkaga qamaldi


Samarqand viloyatida karantin qoidalarini buzib, blokpostdan niqobsiz qo‘shni viloyatga o‘tmoqchi bo‘lgan kattaqo‘rg‘onliklar 10 sutkadan qamaldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Joriy yilning 10-aprel kuni soat taxminan 18:30 atrofida Kattaqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi J.O. va A.S. karantin qoidalariga amal qilmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay Kattaqo‘rg‘on tuman va Navoiy viloyati Xatirchi tumanini bog‘lovchi blokpostda niqobsiz va qo‘shni viloyatga o‘tmoqchi bo‘lib, IIB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.

Aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqarolar J.O. va A.S.ga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sudga yuborilgan.

Kattaqo‘rg‘on tuman Ma’muriy sudi raisi S.Soliyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, karantin qoidalarini buzib, IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan huquqbuzarlar J.O. va A.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют