» » Venesueladagi norozilik namoyishlari davomida 30 kishi qo‘lga olindi

Venesueladagi norozilik namoyishlari davomida 30 kishi qo‘lga olindi


Venesuela rasmiylari Miranda shtati poytaxti Los-Tekes shahridagi norozilik aksiyalari davomida 30 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Qo‘lga olinganlar infrastruktura obyektlarini vayron qilish, shtat poytaxti ko‘chalarini to‘sib qo‘yish va harakatlanishga to‘sqinlik qilish bilan shug‘ullangan. Xavfsizlik kuchlari 15-aprel, shanba kuni vaziyatni o‘z nazoratiga oldi”, — deydi shahar joylashgan Guaykapuro munitsipaliteti rahbari Fransisko Garses.

Los-Tekesdagi tartibsizliklar ishtirokchilari do‘konlarni talon-taroj qilgani va politsiya bilan bir necha bor to‘qnashgani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Venesueladagi namoyishlar davomida 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют