» » Moskvada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun donorlik qilganlarga haq to‘lanishi ma’lum qilindi

Moskvada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun donorlik qilganlarga haq to‘lanishi ma’lum qilindi


Moskvada COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan qon zardobi bergan donorlarga pul to‘lash joriy etiladi. Bu haqda Moskva merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qilgan.

Donor sifatida avval koronavirusga chalinib tuzalgan, surunkali kasaliklari bo‘lmagan 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ularning qon tahlilida OIV va gepatit B va C bo‘lmasligi kerak.

Qayd etilishicha, donorlarga pul to‘lash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat tez orada qabul qilinadi. Ularga qancha miqdorda pul to‘lanishi hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq Anastasiya Rakova Moskvada O‘RVI bilan xastalangan barcha bemorlar karantinga olinayotgani, O‘RVIning barcha holatlari tahlillar olmasdan turib koronavirus bilan kasallanishga gumon qilishga asos bo‘lishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilish yo‘lga qo‘yilishi, bu kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbai bo‘lib xizmat qilishi haqida xabar berilgan edi.

Bunday davolash usuli Buyuk Britaniya shifokorlarida katta qiziqish uyg‘otgandi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning qon zardobidan foydalanishga hozircha ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Moskvada koronavirus bilan kasallanish yaqin 2-3 haftada eng yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют