» » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari yanada soddalashtirilishi kutilmoqda

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari yanada soddalashtirilishi kutilmoqda


“Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:

Shuningdek, qaror loyihasi bo‘yicha:

Qaror loyihasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni zarur qurilmalar bilan jihozlash vazifasi yuklatilgan.

Ushbu hujjat loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni 2020-yil 2-mayga qadar bildirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil — Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, OTMlardagi ortiqcha fanlarni qisqartirish, davlat grantlarini oshirish belgilab berilgan, shuningdek, maktablardagi qog‘ozbozliklar ham qisqarishi qayd etilgandi. Davlat dasturiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda xorij universitetlarining 10 ta yangi filiali ochiladi. “Elektron universitet” tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida ham xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют