» » Xitoylik shifokorlar 76 yoshli erkakning boshidagi pichoqni olib tashladi. Erkak pichoq bilan 26 yil yurgan

Xitoylik shifokorlar 76 yoshli erkakning boshidagi pichoqni olib tashladi. Erkak pichoq bilan 26 yil yurgan


76 yoshli xitoylik fermer Duori Dzi unga qilingan hujumdan keyin 26 yil boshidagi pichoq bilan yurgan, deb yozadi Metro.

1990-yilning oxirida fermerga hujum qilingan. O‘shanda uning boshida o‘n santimetrlik pichoq qolib ketgan.

2012-yilda erkak surunkali bosh og‘rig‘idan shikoyat qilib, kasalxonaga murojaat qilgan. O‘shanda shifokorlar pichoqni qoldirishga qaror qilgan. Chunki uni olib tashlash erkakning hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin edi.

Vaqt o‘tgan sari erkakning ahvoli yomonlashgan. Uning o‘ng ko‘zi ko‘rmay qolgan, o‘ng qo‘li va oyog‘i esa falaj bo‘lib qolgan. Yaqinda boshqa provinsiyadan kelgan tajribali shifokorlar erkak yashaydigan hududda tibbiy ko‘rik o‘tkazgan va u bilan qiziqib qolgan.

Kompyuter tomografiyasi va rentgen pichoq erkakning ko‘rish nerviga zarar yetkazganini ko‘rsatgan.

Klinika bosh shifokori Lyu Guansun pichoqni olib tashlash yagona chora, degan qarorga kelgan. Shu tarzda erkak ikki operatsiyani boshdan kechirgan.

Hozirda uning ahvoli yaxshi va mustaqil harakatlanmoqda. Bosh og‘rig‘i o‘tib ketgan va ko‘rish qobiliyati qayta tiklangan. “Men kula olmasdim, esnay olmasdim, hatto yo‘tala olmasdim. Shifokorlar menga ikkinchi imkoniyatni berdi hamda 20 yil davom etgan dahshat barham topdi”, — deydi Duori Dzi.

Mavzuga doir: AQShlik 100 yoshni qarshilagan onaxon uzoq umr ko‘rish siri nimada ekanligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют