» » Xitoyning Rossiyadagi elchisi koronavirus manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi

Xitoyning Rossiyadagi elchisi koronavirus manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi


Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey koronavirusning manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“COVID-19 birinchi marta Uxanda paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, uning manbai Uxanda ekanligi aniq emas”, — degan xitoylik diplomat. Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi kishilar yomon fikr bilan virusni Xitoy koronavirusi, Uxan koronavirusi deb atamoqda.

Elchining qayd etishicha, virus manbaini aniqlash ilmiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Diplomat Uxan virus olib borilgan joylardan biri bo‘lgani haqidagi qarashlar borasida gapirgan. Elchi misol sifatida fevral oyida Yaponiyada yuz bergan vaziyatni keltirgan, o‘shanda oilaviy juftlik Gavayida koronavirusni yuqtirgani taxmin qilingan. Bundan tashqari, elchi mart oyida Vyetnamda bo‘lgan va koronavirus iskanjasida qolgan AQShning Theodore Roosevelt aviatashuvchi kemasini eslab o‘tgan.

So‘nggi bir sutkada Xitoyda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 26 ta yangi holat qayd etilgan, bu bir kun oldingiga qaraganda 46 ta kam hisoblanadi. Xitoyda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 82300 kishidan oshgan, biroq kasallikning jiddiy alomatlarsiz o‘tganlari hisobga qo‘shilmayapti.

Shuningdek, Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi. Vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi va 3869 kishiga yetgan,

Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan koronavirus sun’iy usulda tayyorlanganligi haqidagi ayblovga javob qaytargan va AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi tomonidan qilingan bayonotini qoralagandi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab Xitoy yalpi ichki mahsuloti rekord darajaga — qariyb 7 foizga quladi

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab 2019-yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. 2020-yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют