» » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshdi


AQShda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holatiga ko‘ra, AQShda 702 164 kishida koronavirus aniqlangan. 37 054 kishi infeksiya oqibatida vafot etgan bo‘lsa, 58 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng og‘ir vaziyatni Nyu-York shahri boshidan kechirmoqda, shaharda 13 mingdan ortiq odam koronavirus qurboniga aylangan. Nasso okrugida esa 1109 kishi koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, Ueyn okrugida (Michigan) ularning soni 1044 kishiga yetdi.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 2,2 million kishidan, qurbonlar soni esa 154 ming kishidan oshib ketdi. Kasallar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda Ispaniya ketmoqda — 190,8 ming bemor (20 ming odam vafot etgan). Uchinchi o‘rinni esa 172 ming kasal va 22 ming qurbon bilan Italiya egallagan.

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 60-65 ming kishini tashkil etishi mumkin. Avvalroq Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishgan edi.

Mavzuga doir: Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 15—16-aprel holatiga ko‘ra, AQShda bir sutka ichida qariyb 4,6 ming odam koronavirus oqibatida vafot etdi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют