» » Toshkentda karantindan so‘ng ishsiz yoshlar soni uch baravarga ko‘payishi taxmin qilinmoqda

Toshkentda karantindan so‘ng ishsiz yoshlar soni uch baravarga ko‘payishi taxmin qilinmoqda


Toshkent shahrida karantin sabab bu muddat o‘tganidan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda poytaxt hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va shu orqali iste’dodli, izlanuvchan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yaqin orada onlayn tanlovlar platformasi ishga tushiriladi.

Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahabarlari bilan birgalikda ularni IT yo‘nalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib o‘tilgan.

Karantin davrida ta’lim jarayonida uzilish bo‘lmasligi uchun o‘quvchilarni onlayn o‘qitayotgan poytaxtdagi barcha ta’lim muassasalarining pedagoglari Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rag‘batlantirilishi ma’lum qilingan.

Shu bilan birga, karantin tugashi bilan poytaxtdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni 93 foizdan 100 foizga ko‘tarish hamda 6 yoshli bolalarni (100 foiz) maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilingan. Shuningdek, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim muassalari, sport va musiqa maktablarida takroriy, ya’ni ikkinchi marotaba dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish va to‘liq tugatish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda.

Karantinning qachon tugashi esa noma’lum. U Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin bilan bog‘liq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha kattaligini aytgandi.

Avvalroq Sherzod Shermatov karantin vaqtida internet orqali qonuniy pul topish mumkinligini aytib, yoshlarni uyda vaqtini bekor o‘tkazmay darslarini qilib, chet tillari va AKTni o‘rganishga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют