» » Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritdi

Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 60-65 ming kishiga yetishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida e’lon qilgan.

Avvalroq Oq uy mutaxassislari fuqarolar hukumat tomonidan o‘rnatilgan cheklov choralariga rioya qilsa, koronavirus qurbonlari soni 240 ming atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi. Shundan so‘ng Tramp AQShda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar 100 ming kishidan sezilarli darajada kam bo‘lishini e’lon qilgan.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni to‘g‘risidagi prognozga o‘zgartirish kiritilishiga mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi olib borilayotgan kurashlar samarasi sabab bo‘lgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 150 ming kishidan oshib ketdi. COVID-19 qurbonlari va kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Mamlakatda 700 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan bo‘lsa, 37 mingdan ortiq odam virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishdi

Avvalroq Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagan edi. AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi esa joriy yilning kuzida COVID-19 koronavirusining ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют