» » Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulotlar

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulotlar


Tanovul qilingan taom va mahsulotlar salomatlikka ta’siri katta ekani haqida gapiralaverib, siyqasi chiqib ketgan. Ammo ovqat hazm bo‘lishi, teri rangi va qon aylanishi singari ko‘rish qobiliyatiga ham ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar mavjud. Quyida ana shunday mahsulotlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Sabzavot va ko‘katlar

Sabzi ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulotlar ro‘yxatida birinchilardan hisoblanadi. Ushbu sabzavot tarkibida A vitamini bor bo‘lib, aynan ushbu vitamin ko‘rish faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, antioksidantlar, C, B va E vitaminlari, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va ftor kabi mikroelementlarni, qolaversa, yosh o‘tib yuzaga keladigan ko‘rishning yomonlashishiga qarshi to‘siq bo‘ladigan beta-karotinni ham o‘z ichiga oladi. Sabzini butunligicha, xohlasangiz olma bilan sharbat qilib, 1-2 qoshiq lavlagi suvini qo‘shib ichishingiz yoki salat qilib iste’mol qilishingiz mumkin.

Ratsioningizga qovoqni ham qo‘shing, uning tarkibidagi karotin ko‘rish uchun foydali. Qovoqdan bo‘tqa, ovqat tayyorlang, pech yoki qasqonda ziravorlar sepib dimlang.

Ko‘katlardan ismaloq kataraktaga qarshi samarali hisoblanadi. Uning tarkibida fosfor, mis, rux, oqsil hamda yog‘ kislotalari mavjud. Iloji bo‘lsa, ko‘katlardan sharbat ichishga harakat qiling yoki sabzili sharbatga qo‘shing.

Meva va rezavorlar

Chernikaning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda foydasi katta. Uning tarkibida antioksidant, foydali kislota va A, C, B vitaminlari bor. Rezavorlarda ko‘rishni yaxshilaydigan lyutein bor. Yogurtga rezavorlarni qo‘shib yeyish tavsiya qilinadi. Mevalardan o‘rik, apelsin, kivi va qulupnayning ko‘zga foydasi ko‘p. Bundan tashqari, ko‘rish qobiliyatining yaxshilanishi uchun na’matak va qovunning ham ahamiyati katta.

Baliq

Ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmaganlar uchun baliq yeyish tavsiya qilinadi. Shuning uchun ratsioningizga zudlik bilan baliq mahsuloti va baliq yog‘ini qo‘shing.

Go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari

Tuxum, mol go‘shti va sut mahsulotlari iste’mol qilishni kanda qilmang. Ular tarkibidagi vitamin va moddalar juda foydalidir. Ushbu mahsulotlardan to‘yimli taomlar tayyorlab sog‘lig‘ingiz, xususan, ko‘rish qobiliyatingizni tabiiy yo‘l bilan yaxshilang.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют