» » Shvetsiya malikasi koronavirusga qarshi hamshira sifatida kurashadi

Shvetsiya malikasi koronavirusga qarshi hamshira sifatida kurashadi


Shvetsiya malikasi Sofiya (Sofia Hellqvist) koronavirusga qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shish uchun mahalliy shifoxonalardan birida hamshiralik qildi.

Cosmopolitan nashrining yozishicha, shahzoda Karl Filippning rafiqasi? hamshira sifatida faoliyat yuritishdan oldin Stokgolm universitetida uch kun davomida tayyorlash kursida o‘qigan. Ta’kidlanishicha, u yerda virusga qarshi kurashish uchun haftasiga 80 hamshira tayyorlanadi.

Kursdan so‘ng malika Sophiahemmet xususiy shifoxonasida hamshiralik qilgan. Qirollikning axborot departamenti rahbari Margareta Torgrenning aytishicha, resurslar cheklangan bir vaqtda malikaning o‘zi virusdan zararlanganlarga ko‘mak berish istagini bildirgan.

Sofiya yangi vazifani sidqidildan bajarishga kirishgan, tibbiyot xodimlari formasini kiygan va hamkasblari bilan tanishgan, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq modelning ushbu motivatsion harakati ijobiy baholanib, iliq fikrlarga sababchi bo‘?lgan.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda shahzoda Karl Filipp bilan turmush qurgunga qadar malika Sofiya modellik faoliyati bilan shug‘ullangan.

Mavzuga doir: Megan Markl va shahzoda Garridan pandemiyada amal qilinishi kerak bo‘lgan 6 tavsiya



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют