» » “Aleks Fergyuson Ronalduni “Barselona”ga sotishni xohlagandi” — “Real” sobiq prezidenti

“Aleks Fergyuson Ronalduni “Barselona”ga sotishni xohlagandi” — “Real” sobiq prezidenti


Madridning “Real” klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon hujumchi Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”dan sotib olish jarayoni haqida gapirib o‘tdi.

“2007 va 2008-yillar mobaynida Krishtianu bilan muzokaralar olib borgandik. “Manchester Yunayted” bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan, sababi ular o‘z yetakchisini yo‘qotishni istamagan, biroq Ronaldu o‘zi nima xohlayotganini aniq anglab turardi. U “Real”ga o‘tishni istardi. Bu ajoyib imkoniyat edi, shu sabab undan foydalanib qolganman.

Aleks Fergyuson Krishtianudan ayrilishni xohlamagan va uni “Real”ga sotgisi kelmagan, chunki biz “Manchester Yunayted”dan ko‘proq sovrin qo‘lga kiritgandik. Shu sabab Fergi uni “Barselona”ga taklif qiladi. Katalonlar bu taklifdan lol qolgandi, biroq Ronaldu “Real” oldidagi majburiyatlarini tushunib turardi.

Biz imzolagan bitimga ko‘ra, agar Ronaldu “Real”ga o‘tish kelishuvini buzadigan bo‘lsa, 30 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelardi”, — deydi Kalderon.

Ronaldu 2009-yilda “Real” futbolchisiga aylanadi. Madridliklar uning transferiga 94 million yevro sarflaydi. Oradan to‘qqiz yil o‘tib Ronaldu 117 million yevro evaziga “Yuventus”ga sotib yuboriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют