» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 76 mingdan oshdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 76 mingdan oshdi


O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 76 159  ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Vazirlik xabarida aytilishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. Karantin qoidalarini buzganlar orasida tibbiy niqobsiz ko‘chada yurganlar, ruxsatnomasiz transport vositasida harakatlanganlar, shuningdek, bemaqsad velosipedda yurganlar bor.

Ularning respublika bo‘yicha aniqlangan soni quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi. Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istisno holatlardan tashqari mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklangan.

Mavzuga doir: IIV velosipedda ishga qatnayotganlarda qanday hujjatlar bo‘lishi kerakligini aytdi

Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi xabar qilindi.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vazirligi o‘zboshimchalik bilan o‘z transport vositalariga ruxsatnoma bergan tashkilot va korxonalarni ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют