» » Tojikistonda pnevmoniyadan o‘lgan to‘rtinchi bemorning shifokorlari karantinga olindi. Mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagan

Tojikistonda pnevmoniyadan o‘lgan to‘rtinchi bemorning shifokorlari karantinga olindi. Mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagan


16-aprel kuni Tojikistonning Sug‘d viloyati Spitamen tumani markaziy shifoxonasida 68 yoshli erkak pnevmoniya oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Jabbor Rasulov tumani fuqarosi Mo‘minjon Mirbaratov sakkiz kun oldin shifokorga murojaat qilgan. Unga ambulator davolash buyurilgan. Shundan so‘ng bemorning ahvoli og‘irlashgani sabab u Xo‘janddagi shifoxonaga yo‘l olgan. U yerda Mirbaratovga bronxopnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va yana ambulator davolash buyurilgan.

Oradan ikki kun o‘tgach, bemorning ahvoli yanada og‘irlashib, tez yordam bilan Spitamen tumanidagi shifoxonaga olib kelingan. U zudlik bilan reanimatsiyaga joylashtirilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay bronxlar va yurak faoliyatining yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Mirbaratov bilan aloqada bo‘lgan sakkiz nafar shifokor karantinga joylashtirilgan.

So‘nggi vaqtlarda Tojikiston ommaviy axborot vositalari o‘pka va yurak kasalliklari, xususan, pnevmoniya, sil va yurak-qon tomirlari kasalliklari tufayli bir qator o‘limlar qayd etilganini ma’lum qildi. Ayrim holatlarda bemor vafot etgach, uning yaqinlari va shifokorlar karantinga joylashtirilgan. Marhumlardan biri tibbiyot xodimlari tomonidan noma’lum joyga dafn etilgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi esa hamon mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmaganini ma’lum qilmoqda.

Avvalroq Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik ekspert nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘qligini izohladi

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda — 506, Qozog‘istonda — 1591, O‘zbekistonda esa 1450 kishida koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют