» » Qamashida avariya holatidagi ko‘prikning yana bir tomonini sel yuvib ketdi. Qashqadaryo hokimligi uni ta’mirlash haqida yetti oy avval va’da bergandi

Qamashida avariya holatidagi ko‘prikning yana bir tomonini sel yuvib ketdi. Qashqadaryo hokimligi uni ta’mirlash haqida yetti oy avval va’da bergandi


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 7 ming aholi istiqomat qiladigan Qo‘shkapa qishlog‘idagi ta’mirtalab ko‘prik sel kelishi oqibatida yana ham xavfli holatga kelib qoldi. “Daryo”ga murojaat qilgan qishloq ahli ko‘prikning qulashidan xavotirda.

Qo‘shkapaliklarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik bilan bog‘liq vaziyatdan nafaqat tuman, balki viloyat hokimligi mutasaddilari ham xabardor. Ta’kidlash joiz, “Daryo” Qo‘shkapadagi ushbu ko‘prik haqida 2019-yil kuzida ham yozgan edi.

Mavzuga doir:

O‘shanda avariya holatidagi ko‘prik bir oyga yopilgan, Qamashi hokimi o‘rinbosari esa ko‘prik tez orada ta’mirlanishini aytgan, viloyat hokimligi ko‘prik ta’miri uchun kamida 400 million so‘m ajratilishini e’lon qilgan edi.

“Mutasaddilar kelib, ko‘prikni rasmga tushirib ketadi, xolos. Boshqa amaliy natija yo‘q”, — deydi Qo‘shkapada yashovchi Berdimurod Islomov. Aholi “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotda bahorgi sellar ko‘prikni butunlay yuvib ketishidan xavotirdaligini bildirgan.

“Ko‘prik vahimali ko‘rinishga kelib qolgan. Eng yomoni, hozir sellar mavsumi. Har kuni sel kelyapti. Uch-to‘rt kun ilgari kelgan sel ko‘prikning yana bir tomonini yuvib ketdi. Mas’ullar ko‘prik qulashini kutishyaptimikin?”, — deydi qo‘shkapaliklardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют