» » Nobel laureati koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Nobel laureati koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi


COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida yaratilgan. Bu haqda 2008-yili OIV retrovirusini ochgani uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan virusolog Lyuk Montanyening so‘zlariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Montanyening so‘zlariga ko‘ra, koronavirusda OIV zarralari paydo bo‘lgan. Uning taxminiga ko‘ra, COVID-19 OITSga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan bo‘lishi mumkin.

“U tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lmagan, bu molekulyar biologiyaning ishi. Qanday maqsadda — noma’lum. Mening vazifam — faktlarni taqdim etish, hech kimni ayblamayman, buni kim va nima uchun amalga oshirganini bilmayman. Balki ular OITSga qarshi vaksina yaratmoqchi bo‘lgandir”, — deydi Montanye.

Virusolog Pourquoi docteur’ga bergan intervyusida virus Uxandagi laboratoriyada yaratilganini aytgan. Bunda Montanye fransiyalik matematik Jan-Klod Perezning ilmiy tadqiqot natijalaridagi virus tuzilishiga tayanib, shunday fikrni bildirgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirgan edi. Tramp Xitoyning koronavirus AQSh harbiylari tomonidan tarqalgani to‘g‘risidagi taxminini yolg‘on deb atagan. Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17-noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘lgan.

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q edi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют