» » OAV: Germaniya kansleri ma’lumotlar olish uchun Britaniya maxsus xizmatlarilariga murojaat etgan

OAV: Germaniya kansleri ma’lumotlar olish uchun Britaniya maxsus xizmatlarilariga murojaat etgan


Germaniya kansleri Angela Merkel terrorchilik tahdidlari haqidagi ma’lumotlar uchun Buyuk Britaniya maxsus xizmatlariga murojaat etgan. Ushbu jarayonda nemis maxsus xizmatlari chetlab o‘tilgan va bu ularning noroziligiga sabab bo‘lgandi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.

Germaniyaning Focus jurnaliga ko‘ra, Merkelning britan maxsus xizmatlari bilan oxirgi uchrashuvi 2015-yil oktabrida Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Unda MI6 rahbari Aleks Yanger, MI5 direktori Endryu Parker va hukumat aloqasi markazi rahbari Robert Xennigen ishtirok etgan.

Uchrashuvda Qrimdagi vaziyat muhokama etilgandi.

“Kansler lavozimida bo‘lib turgan 12 yil davomida Merkel nemis xavfsizlik idoralari rahbarlarining haftalik brifinglariga biror marotaba kelmagan. Nega u Angliyaga boradi? Nahotki o‘z odamlariga ishonmasa?” — deya noroziligini yashirmagan Germaniya hukumatidagi yuqori martabali manba. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют