» » Muborak hokimi ishdan olindi. Avvalroq tumanda shifokorlar karantin vaqti to‘y qilgani aytilgan edi

Muborak hokimi ishdan olindi. Avvalroq tumanda shifokorlar karantin vaqti to‘y qilgani aytilgan edi


Qashqadaryoning Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev lavozimidan ozod etildi, bu haqda 18-aprel kuni viloyat rahbari Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda e’lon qilingan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tuman hokimi vazifasini bajarish Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklatilgan.

Narziyev shu vaqtgacha Jovliyevning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ayni vaqtda Ahror Sodiqov Muborak hokimi G‘ayrat Jovliyevning lavozimdan ozod qilinishi sabablarini ochiqlamadi.

Avvalroq, 14-aprel kuni Muborakda shifokorlar karantin tartibi amal qilayotganiga qaramay, to‘y o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayev yolg‘on axborot tarqatishda ayblangan edi.

Zafar Jo‘rayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda IIBdagi so‘roq davomida unga ovqat berishmagani, shu sabab tobi qochganini aytgan, “bu xabar ortidan bir necha kishi jazolanishini bilgan mutasaddilar barcha aybni menga ag‘darib, suvdan quruq chiqishga urinmoqda”, degandi.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda 23-martdan boshlab to‘y-marosimlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan. Shunga qaramay, 27-mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida to‘y marosimini o‘tkazishga urinish holati qayd etilgan, 28-mart kuni esa Yunusobodda kuyov-navkar marosimini o‘tkazgan kelinning otasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Keyinchalik Jizzaxda o‘g‘lining armiyadan kelgani munosabati bilan karantin vaqtida o‘nlab odamlarga ziyofat uyushtirgan ota, Bulung‘ur va Jizzaxda tug‘ilgan kunini karantin vaqtida tanishlari bilan nishonlashga uringan fuqarolar javobarlikka tortilgani haqida xabarlar berildi.

Ta’kidlash joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantin vaqtida 24 ta turli ommaviy marosimlar o‘tkazgan shaxslarni “mas’uliyatsizlar” deb atab, ularning xatti-harakatlarini sira oqlab bo‘lmasligini, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilishinini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют