» » “Siz va butun dunyo uchun duodamiz!” — Tojikiston futbol klublari koronavirus bilan kurashayotgan O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatladi

“Siz va butun dunyo uchun duodamiz!” — Tojikiston futbol klublari koronavirus bilan kurashayotgan O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatladi


Futbol bo‘yicha Tojikiston chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari O‘zbekiston va koronavirus bilan kurashyotgan boshqa bir qator mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar bilan o‘tadi.

3-tur uchrashuvlari quyidagi shior ostida o‘tmoqda: “Kuchli bo‘lib qoling, birodar xalqlar — Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston. Biz siz va butun dunyo uchun duodamiz!”.

Ma’lumot uchun 4-apreldan Tojikistonda futbol mavsumi start olgan. Hozirda Tojikiston futbol chempionati davom etayotgan dunyodagi beshta mamlakatning bittasi bo‘lib turibdi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi esa hamon mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmaganini ma’lum qilmoqda. Biroq Tojikistonda karantinda bo‘lgan to‘rt kishi vafot etgani xabar berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda — 506, Qozog‘istonda — 1591, O‘zbekistonda esa 1469 kishida koronavirus aniqlangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют