» » Rossiyada mehnat muhojirlarining ish patenti muddati 15-iyungacha uzaytirildi

Rossiyada mehnat muhojirlarining ish patenti muddati 15-iyungacha uzaytirildi


Koronavirus pandemiyasi sabab Rossiyadagi chet el fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun bir qator yengilliklar taqdim etiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 18-aprel kuni imzolangan farmonga muvofiq, 15-martdan 15-iyunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida amal qilishi tugaydigan quyidagi hujjatlarning muddati uzaytiriladi:

Shu o‘rinda, ilgari berilgan vizalar, ishlash uchun ruxsatnomalar, patentlar, vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalar, yashash uchun ruxsatnomalar, davlat dasturida ishtirok etganlik guvohnomalari 15-iyungacha bekor qilinmaydi.

Shuningdek, 15-iyungacha bo‘lgan davrda ish beruvchilar va ish (xizmat)lar buyurtmachilari Rossiya qonunlarida belgilangan tartibda viza talab qilinmaydigan va patentga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ishchilar sifatida jalb qilish va ulardan foydalanish huquqiga ega.

Bunda mamlakatda o‘rnatilgan cheklovlar va aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlashga qaratilgan boshqa choralarini bajarish sharti qo‘yiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют