» » Ziko: “Bunyodkor”dan ketmasdan umrim oxirigacha yetadigan pul ishlab olishim mumkin edi

Ziko: “Bunyodkor”dan ketmasdan umrim oxirigacha yetadigan pul ishlab olishim mumkin edi


“Bunyodkor” klubining braziliyalik sobiq bosh murabbiyi Ziko toshkentliklar safidan SSKAga o‘tib ketgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Bir necha yillar avval SSKA klubida ishlagansiz. Hammasi nimadan boshlangandi?

— O‘zbekistonda ishlardim, ta’til vaqtida Braziliyaga ketdim va SSKAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Palau Payshau menga qo‘ng‘iroq qildi. U bilan Braziliya terma jamoasi orqali tanish edim. Payshau SSKA prezidenti men bilan suhbatlashmoqchi ekani haqida aytdi.

— Tezda kelishib oldingizmi?

— O‘sha zahotiyoq. Menga taklif berishdi va uni qabul qildim. Hech qanday shubha bo‘lmadi, chunki SSKA — mashhur jamoa. Faqatgina “Bunyodkor”dan ketish qiyin bo‘ldi. Juda qiyin. U yerda futbol rivoji uchun ko‘p ishlar qilingandi. Garchi O‘zbekistondagi infrastruktura mukammal holatda bo‘lmasa ham. Bu yerda esa UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi darajasiga ko‘tarilish imkoniyati tug‘ildi. Bu men uchun puldan muhim edi.

— SSKAda maoshingiz kamaydimi?

— Ha, O‘zbekistonda qolishim va umrim oxirigacha yetadigan pul ishlashim mumkin edi, biroq men uchun futbol darajasi yuqoriroq edi. O‘zbekistonda jamoa bilan to‘rt oy ichida mamlakat chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritdik, Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga chiqishimizga hakamlarning xatosi to‘sqinlik qilib qoldi, — deydi Ziko.

Ma’lumot uchun, Ziko 2008-yilning kuzida “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlanadi. U Mirjalol Qosimovning o‘rnini egallaydi. Biroq 2008-yilgi mavsum yakunlangach SSKAga yo‘l oladi. 2009-yilning yozida esa “Bunyodkor” yana bir braziliyalik afsonaviy murabbiy Luis Felipe Skolarini olib keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют