» » Shimoliy Koreya TIV: Ballistik raketa uchirilishi haqida rasman e’lon qilinmadi

Shimoliy Koreya TIV: Ballistik raketa uchirilishi haqida rasman e’lon qilinmadi


Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirilishi haqida rasman e’lon qilmagan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Biz raketa uchirganimiz haqida savol berildi. Biroq bu haqda rasman e’lon qilinmadi. Hatto shunday bo‘lgan taqdirda ham, bu mamlakatimizning yadroviy tiyib turish imkoniyatini oshirish borasidagi odatiy jarayon hisoblanadi. Buning hech qanday ajablanarli joyi yo‘q, har doim bu haqda matbuotda yoritilavermaydi”, — dedi KXDR TIV Yevropa departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yen Xo.

TIV vakili, shuningdek, mamlakat rahbariyati KXDR yetakchisi Kim Chen In shunga qaror qilganda tegishli choralar ko‘rishga tayyorligini ko‘p bor ta’kidlaganini bildirdi.

Опубликовано: admin (16-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют