» » O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordam sifatida 5 mln dona tibbiy niqob yuboradi

O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordam sifatida 5 mln dona tibbiy niqob yuboradi


O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordam sifatida 5 million dona tibbiy niqob, shuningdek, tibbiyot dokasini yuboradi. “Interfaks”ning Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukka asoslanib xabar berishicha, 18-aprel kuni ushbu yordam yukining birinchi navbati Moskvaga yetkazilgan.

Overchukning qayd etishicha, “qabul qilib olingan tibbiyot buyumlari birinchi galda pandemiyaga qarshi oldingi saflarda turib kurash olib borayotganlarga yo‘naltiriladi”. “Biz uchun juda muhim bo‘lgan ushbu ko‘mak uchun O‘zbekiston xalqi va hukumatiga eng iliq tilaklarni bildirib qolamiz”, — dedi Overchuk.

Ma’lumot uchun, 18-aprel Toshkent vaqti bilan 23:00 holatiga ko‘ra Rossiyada salkam 37 ming kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, bemorlarning 313 nafari vafot etgan, 3 057 nafari esa sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov 2-aprel kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston bir oy ichida himoya niqoblarini ishlab chiqarish hajmini kunlik 200 ming donadan 2,5 million donagacha oshira olgani, keyingi bir hafta ichida ishlab chiqarish hajmi 5 million donaga yetkazilishi aytib o‘tgan edi.

Xuddi shu kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev 1-mart holatiga  O‘zbekistonda kunlik niqob ishlab chiqarish quvvati 450—500 ming donani tashkil etgani, 1-aprelga kelib niqob ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 190 taga yetib, umumiy quvvat 4,3 million donaga ko‘tarilganini aytgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 26-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bungacha koronavirus pandemiyasi sabab Ozarbayjon, Vengriya, Belarus, Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga ham gumanitar yordam yuklarini yuborgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют