» » Toshkentda taksilarga litsenziya berish vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentda taksilarga litsenziya berish vaqtincha to‘xtatildi


Toshkent shahrida 15-apreldan 5-mayga qadar yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalariga ega yengil avtomobillarning faqatgina yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati (kuryer, “dostavka”, keytering) bilan shug‘ullanishiga ruxsat bergan edi.

Ular faqatgina oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiyot vositalari, shuningdek birinchi navbatda zarur mahsulotlarni tashishi mumkin. Yo‘lovchi tashish yoki fuqarolar bilan bog‘liq boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullangan taqdirda ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

Qayd etishlaricha, hozirda Toshkent shahrida yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziyalangan avtomobillar soni 11 792 taga yetgan.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin tartibi 20-apreldan 10-mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют