» » Farg‘onada karantin postidagi IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan mast “bankir” 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada karantin postidagi IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan mast “bankir” 15 sutkaga qamaldi


Farg‘onada karantin postiga mast holda borib, IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan Xalq banki xodimi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Uchko‘prik tuman ma’muriy sudi raisi Kamoliddin Rahimov ma’lum qildi.

7-aprel kuni soat taxminan 23:25 da Uchko‘prik tumani hududida tashkil etilgan karantin postida Xalq bankiga tegishli xizmat mashinasi IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan Xalq banki xodimi B.A. IIB xodimlarining hujjatlarni tekshirish haqidagi qonuniy talabiga buysunmay, qarshilik ko‘rsatgan.

“B.A. jamoat joyida mast holda IIB xodimini tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, mayda bezorilik sodir etgan”, — deyiladi xabarda. Huquqbuzarga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar 8-aprel kuni Uchko‘prik tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan aybli deb topilgan “bankir”ga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют