» » Fransiyada 98 yoshli shifokor koronavirus pandemiyasiga qaramay, nafaqaga chiqishni istamadi

Fransiyada 98 yoshli shifokor koronavirus pandemiyasiga qaramay, nafaqaga chiqishni istamadi


Fransiyaning eng keksa shifokori mamlakatda koronavirus sabab vaziyat og‘ir ekanligigia qaramay nafaqaga chiqishni istamadi va bemorlarni davolashni davom ettirmoqda. Bu haqda The Sun xabar qilgan.

98 yoshli amaliyot shifokori Kristian Shene (Christian Chenay) Parij yaqinida joylashgan o‘z klinikasida bemorlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan, bunga mamlakatda e’lon qilingan “o‘zini yakkalash” tartibi sabab bo‘lgan. U kasallik alomatlarini his qilgan va shu sababli ikki hafta karantinda bo‘ldi.

Shu vaqt davomida u uydan turib virtual tarzda bemorlarga maslahat va tavsiyalar berib turgan, kasallar orasida shifokor bir necha o‘n yillardan beri davolayotgan insonlar ham bor. Karantin yakuniga yetgach doktor yana o‘z ishiga qaytgan va 1951-yildan beri yordam berib kelayotgan qariyalar uyidagi bemorlari va boshqa odamlarni uyiga borib ko‘rib qo‘ymoqda.

Shifokor Fransiya pandemiyaga tayyor bo‘lmaganini aytib, ushbu holatdan dili xira tortganini bildirgan. Shene koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda o‘zini kuchsiz his etayotganini, sababi kasallikni davolash, uni dastlabki bosqichdayoq aniqlash uchun samarali vositalar yo‘qlini qayd etgan.

Nashrning yozishicha, Shene yoshligida chilangarlik qilgan, keyin radiolog mutaxassisligini egallagan, so‘ngra umumiy amaliyot shifokori sifatida ishlashni boshlagan. Uning o‘g‘li ham shifokor va u allaqachon nafaqaga chiqqan, ammo doktor Shene pensiyaga chiqmoqchi emas.

Hozirda Fransiyada bir sutka ichida 17-aprel holatiga ko‘ra 761 nafar odam COVID-19’dan vafot etdi va mamlakatda koronavirus infeksiyasi sabab qayd etilgan o‘limlar soni 18 681 taga yetgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют