» » Amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi

Amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi


Bir guruh amerikalik tadqiqotchilar koronavirus bilan kasallanganlar soni rasmiy statistik ma’lumotlarda qayd etilayotganidan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotning qoralama nusxasi medRxiv nashrida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, olimlar AQShda infeksiya tarqalishi birinchi bo‘lib qayd etilgan Shimoliy Kaliforniyadagi Santa-Klara okrugida tajriba o‘tkazgan.

Tadqiqotchilar qancha odamlar COVID-19 yuqtirgani, buni hatto bilmagan bo‘lishi mumkinligini baholash maqsadida 3,3 ming ko‘ngillilarni ularda koronavirusga antitanalar bor-yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazgan.

Aniqlanishicha, okrug aholisining 2,5-4,2 foizi, ya’ni taxminan 48-81 ming kishi koronavirusga qarshi antitanaga ega ekan. Bu esa antitanalar bo‘lmaganda ular ham COVID-19 bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Ayni paytda esa Santa-Klarada koronavirusga chalinish bo‘yicha rasman tasdiqlangan holatlar soni bundan 50-85 baravar kam. Tadqiqot mualliflaridan biri, Stenford universiteti professori Jey Bhattacharyaning aytishicha, ushbu tadqiqot natijalaridan COVID-19’dan o‘lim darajasi haqida ham yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Uning ta’kidlashicha, agar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy qayd etilgan raqamlardan 10 baravar ko‘p, o‘lim holatlari esa statistikada qayd etilganidek bo‘lsa, o‘lim darajasi uncha katta emas.

Avvalroq Guanchjou va Gonkong universitetlari epidemiologlari COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishini aniqlagandi. Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qilgandi, Italiya va ispaniyalik shifokorlar ham koronavirusning yana bir alomatini aniqlagandi.

Mavzuga doir: Fransiyalik olimlar koronavirus qanday haroratda butunlay yo‘q bo‘lishini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют