» » BMT bosh kotibi COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish uchun koalitsiya tuzishni taklif qildi

BMT bosh kotibi COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish uchun koalitsiya tuzishni taklif qildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus vaksinasini ishlab chiqish uchun global koalitsiya zarurligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida ma’lum qilgan.

“Bizga COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqish uchun global koalitsiya kerak, undan barcha va hamma joyda foydalanish imkoniyati bo‘lishi lozim”, — degan u bunday vaksina butunjahon ommaviy boyligi, deb qaralishi lozimligini ta’kidlagan.

Ayni paytda vaksina bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoyda ishlab chiqilmoqda.

Dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan odam amerikalik Jennifer Xaller bo‘ldi. Vaksina mRNA-1273 deb nomlanib, u Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi va ular 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Mart oyi oxirlarida Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.

Avvalroq avstraliyalik olimlar koronavirusni 48 soatda bartaraf etuvchi dorini sinovdan o‘tkazayotgani, Zelenskiy Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani yaratgan odamga kamida 1 million dollar mukofot berishini va’da qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют