» » Bond haqidagi filmlarda sherif rolini ijro etgan Klifton Jeyms 96 yoshida olamdan o‘tdi

Bond haqidagi filmlarda sherif rolini ijro etgan Klifton Jeyms 96 yoshida olamdan o‘tdi


Bond haqidagi filmlarda sherif rolini ijro etgan Klifton Jeyms 96 yoshida Gladston shahrida (Oregon shtati) olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Amerikalik aktyorning qizi u uyda, qand kasali asoratlaridan vafot etganini bildirdi.

Klifton Jeyms “Sovuqqon Lyuk” (Cool Hand Luke, 1967) filmidagi ma’mur roli bilan tanilgandi. Britaniyalik maxfiy agent haqidagi mashhur kinoturkumda “Yasha va o‘lishga imkon ber” (Live and Let Die, 1973) va “Tilla to‘pponchali kishi” (The Man with the Golden Gun, 1974) filmlarida ishtirok etgandi.

1920-yili Vashington shtatida tug‘ilgan Klifton Jeyms Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ko‘plab davlat mukofotlari, jumladan, ikki “Alvon yurak” medali sohibi edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 9) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют