Britaniyalik shifokor koronavirusda o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan holatlar haqida gapirdi
Angliya bosh vrachi Kris Uitti koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish va uning oqibatida o‘limga olib borishi mumkin bo‘lgan asosiy uchta jihat haqida ma’lumot berdi, deya xabar tarqatgan “RIA Novosti”.
“Birinchidan, bemorlarning keksa yoshda bo‘lishi o‘lim ehtimolini oshiradi. Shu sababdan ham keksa yoshli kishilarni pandemiyadan himoyalash zarur,” — degan Uitti.
Mavzuga doir: Fransiyalik olimlar koronavirus qanday haroratda butunlay yo‘q bo‘lishini aniqladi
Bundan tashqari, boshqa kasalliklar, xususan, yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarda ham o‘lim ehtimoli yuqori.
“Koronavirusdan vafot etganlarning qariyb 90 foizi kamida bitta surunkali kasallik bilan og‘rigan”, — degan britaniyalik shifokor.
Uchinchidan, u qadar tushunarli bo‘lmagan, noma’lum sababga ko‘ra erkaklar ayollarga nisbatan COVID-19 kasalligini ko‘proq yuqtirib olmoqda. Shu tariqa, gender ham koronavirus epidemiyasi vaqtida kasallik yuqtirib olishga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga doir:
Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotga asosan 17-aprel holatiga ko‘ra 2 million nafardan ortiq odam COVID-19 yuqtirib olgan, 139 ming nafardan ko‘p bemor kasallikdan vafot etgan.
Buyuk Britaniyada 17-aprel holatiga ko‘ra 108 692 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 14 576 kishi esa kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga doir: Butun dunyoda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirish jarayoni — suratlarda
Manba: Daryo.uz