» » Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushdi

Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushdi


“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hamda Toshkent shahar IIBB hamkorligida karantin sababli poytaxt ko‘chalariga o‘rnatilgan to‘siqlar haqida ma’lumot beruvchi portalni ishga tushirdi.

Ushbu geoportalda to‘siqlar joylashgan joy xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 1415 tani tashkil etmoqda.

“Karantin tufayli poytaxtimizning ko‘plab ko‘chalari va mahallalarida vaqtincha qatnovlarni cheklash maqsadida to‘siqlar o‘rnatilganidan xabaringiz bor. Bu to‘siqlar Toshkent shahri bo‘ylab qaysi joylarga o‘rnatilganini ko‘rish imkoniyatini beruvchi geoportal ishga tushirildi”, — deyiladi xabarda.

Geoportal barcha uchun ochiq shaklda yaratilgan, unga covid19.geoportal.uz manzili orqali kirish hamda foydalanish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют