» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1495 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1495 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni kishiga oshib, 1495 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 18-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1490 taga yetgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga chalingan 77 yoshli ayol vafot etdi. O‘zbekistonda qurbonlar soni besh nafarga yetdi

Ma’lumot uchun, 18-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq  85 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni esa 56 ta holat aniqlangan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 194 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют