» » Koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda qahva taqchilligi yuzaga kelishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda qahva taqchilligi yuzaga kelishi mumkin


Lotin Amerikasi davlatlari hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi butun dunyoda qahva inqirozi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirgan Bloomberg.

Agentlik bergan ma’lumotlarga asosan 2020-yilda bo‘lgan talab taklif miqdoridan baland, lekin ushbu kemtik avvalgi hosil hisobidan qoplanishi mumkin. Biroq pandemiyaning boshlanishi qahvaning jud ko‘p miqdorda xarid qilinishiga olib kelgan (AQShda kuydirilmagan qahva donining zaxirasi oxirgi besh yil ichida minimumgacha kamaydi), buning ustiga COVID-19’ning Lotin Amerikasida tarqalishi yig‘ib olinadigan yangi hosilning miqdoriga ta’sir qilishi mumkin.

Jahonga qahva yetkazib beruvchi asosiy eksportchilar, ya’ni Lotin Amerikasi mamlakatlarida koronavirus infeksiyasining tarqalishi Yevropa yoki AQShdagiga nisbatan ancha sekin, biroq ayni kunlarda kasallik sabab qahva plantatsiyalari terimchilarsiz qolish xavfi ostida. Kolumbiyada hanuzgacha qahva hosili qo‘lda terib olinadi.

Bloomberg nashri Lotin Amerikasi davlatlarida qahva terimidagi mehnat uchun katta mablag‘ to‘lanmasligini eslatib, hatto bitta odam koronavirus yuqtirib olgan bo‘lsa, qolgan minglab terimchilarga virus yuqishi ehtimoli balandligiga urg‘u bergan.

Kolumbiya qahva ishlab chiqaruvchilari milliy federatsiyasi ijrochi direktori Roberto Veles koronavirusning sohada bir nechta muammolar olib kelganini tan olgan. Uning aytishicha, mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalarida ish yo‘qotgan odamlar ham terimga jalb qilinishi yuzasidan tegishli choralar amalga oshirilmoqda. Biroq Kolumbiyada plantatsiyalar joylashga hududlarda ham harakatning cheklanishi tufayli vaziyat og‘irlashgan.

Peruda ham vaziyat yaxshi emas. Mamlakatda qahva terimi may oyida boshlanishi lozim, ammo qahva xo‘jaliklarini birlashtirgan Cecovasa kooperativi bosh direktori Jimmi Lariko ishchilar soni yetmay qolishi mumkinligidan xavotirda. Fermerlarning o‘zi ham hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari, ehtiyoj uchun zarur narsalar yetishmovchiligi sabab maydonlarni tark etmoqda.

“Ko‘pchilik o‘z fermasini tashlab ketmoqda. Karantin davom etadigan bo‘lsa hosil xavf ostida qolishi mumkin”, — degan Loriko. Uning so‘zlariga ko‘ra transport harakati cheklab qo‘yilgani tufayli odamlar oilaviy ravishda piyoda uzoq masofalarni bosib o‘tmoqda.

Qahvaga talabning ortishi kafe va restoranlar yopilishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin, biroq bu Lotin Amerikasidagi ishlab chiqaruvchilari ahvolining yanada yomonlashishiga, ishchi kuchining yetishmasligi esa qahvaning tayyorlanish jarayoniga ham ta’sir qiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют