» » Rossiyalik ikki ofitser Ozbekistonda qidiruvda bolgan shaxsdan 1 mln dollar undirmoqchi bolganida qolga olindi

Rossiyalik ikki ofitser Ozbekistonda qidiruvda bolgan shaxsdan 1 mln dollar undirmoqchi bolganida qolga olindi


Rossiyaning huquq-tartibot idoralarining yuqori lavozimli ikki nafar xodimi Ozbekistonda qidiruvda bolgan shaxsdan 1 million dollar undirmoqchi bolganida qolga olindi, deb xabar beradi Kommersant.

Malumotlarga kora, politsiya podpolkovnigi Albert Kudryashov va IIB mayori Andrey Gaytov Ozbekistonda tugilgan shaxsdan 1 million dollar talab qilgan.

Tergovchilar malum qilishicha, 7-mart kuni Kudryashov va Gaytov rasman ishsiz bolgan Ashraf Aysenovning Petrovskoye qishlogidagi uyiga borib, undan 1 million dollar talab qilgan. Aks holda unga qarshi jinoyat ishi ochib, Ozbekistonga berib yuborish bilan tahdid qilishgan. Ofitserlar xizmat imkoniyatidan foydalanib, avval Jasur Jalilov ismi-sharifida bolgan Aysenovning 1,5 million dollarni talon-toroj qilgani uchun Ozbekistonda qidiruvda ekanini aniqlagan. 2015-yilda Jalilov Rossiyaga Ashraf Burxonov pasporti bilan borgan. Keyinchalik, xotinining familiyasini olib, Aysenov bolgan. Songra u bilan ajrashgan.

Aysenov ofitserlarning talabiga rozi bolgan. Ammo tolanadigan qiymat boyicha savdolashib, uni 13 million rublga pasaytirgan. Ofitserlar pulni olish uchun kelganida Istra shahri politsiyasi tomonidan qolga olingan.

Podpolkovnik Kudryashov va mayor Gaytovga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3-qismi (Uyushgan guruh tarkibida tovlamachilik qilish) boyicha jinoyat ishi ochilgan. Bunga Ozbekistonda tugilgan tadbirkor Ashraf Aysenovning arizasi asos bolgan. U politsiyachilarning jinoiy javobgarlikka tortilmaslikni va himoya ostida bolishni vada qilishayotgani, buning evaziga 13 million rubl sorashayotgani haqida yozib bergan.

Ayni paytda jinoyat ishi Rossiya Tergov qomitasining harbiy tergov boshqarmasiga otkazilgan.

Ofitserlarni 2 oyga hibsga olish masalasini korib chiqqan Istra shahar sudida ular oz aybini inkor qilgan va Aysenovni ekstremistlarga aloqadorligini aniqlash maqsadida, Ozbekistonga berib yuborish bilan qorqitishganini aytgan. Biroq sud ularning bahonalariga ishonmay, 2 oy hibsda qoldirish haqida qaror chiqardi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-04-2020, 10:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
:
-
:
20 ... -