» » “Breshiya” klubi prezidentida koronavirus aniqlandi

“Breshiya” klubi prezidentida koronavirus aniqlandi


Italiyaning “Breshiya” klubi prezidenti Massimo Chellino koronavirusga chalindi. Bu haqida funksinerning o‘zi ma’lum qildi.

“Bir necha kun avval Kalyarida bordim. Ungacha uch hafta mobaynida Breshiyada karantinda bo‘lgandim. Shifoxonaga borib, tahlildan o‘tdim. OAV qizim virus yuqtirib olgani, o‘g‘limda esa kasallik yo‘qligi xabar qildi. Bu xabarlarni tasdiqlayman. Menda alomatlar kuzatildi, kuchli toliqish va suyaklarimda og‘riq bo‘ldi”, — deydi Chellino.

Avvalroq Chellino koronavirus pandemiyasi bartaraf bo‘lmasidan A Seriya o‘yinlarini tiklash bema’nilik ekanini aytgan va agar bu holat kuzatiladigan bo‘lsa jamoasi musobaqada qatnashmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: B Seriya klubi prezidentida koronavirus aniqlandi

19-aprel holatiga Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 176 ming nafarga yaqinlashdi. 45 ming kishi virusni yengib o‘tgan bo‘lsa, 23 mingdan ziyod odam vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют