» » OAV: Ramzan Qodirovning joniga qasd qilish ishi bo‘yicha Iso Yamadayev hibsga olindi

OAV: Ramzan Qodirovning joniga qasd qilish ishi bo‘yicha Iso Yamadayev hibsga olindi


Chechenistonlik siyosatchi va tadbirkor Iso Yamadayev Staropromislovskiy sudining 14-apreldagi qaroriga binoan sirtdan hibsga olindi. Bu haqda “Rosbalt” agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Iso Yamadayev Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning joniga qasd qilishga tayyorlanganlikda ayblanmoqda.

Yamadayevning advokatlari u harbiy xizmatchi bo‘lgani bois unga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari noqonuniy ekanligini, Yamadayevning ishi fuqarolik ishi sifatida emas, harbiy tergov tomonidan ko‘rilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

“Barcha dalillar ‘Vostok’ batalyonining 2016-yil may oyida yo‘qolgan bir necha sobiq askari ko‘rsatmalariga asoslanadi. Ushbu ko‘rsatmalar vaqt va fakt bo‘yicha bir-biriga ulanmagan turli jihatlarga boy”, — dedi ushbu vaziyat bilan tanish manbalardan biri.

Avvalroq “Rosbalt” agentligi Rossiya tergov qo‘mitasining Checheniston bo‘yicha boshqarmasi 2017-yil mart oyida Yamadayevni federal qidiruvga berganini e’lon qilgan edi. Qarorda Iso Yamadayev Qodirovni akasining o‘limida aybdor deb bilgani va 2016-yil may oyidan beri “qonli qasd olish maqsadida qotillik sodir etishga qaror qilgani” qayd etilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют