» » Anzur Ismoilov: “Yordamim kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorman”

Anzur Ismoilov: “Yordamim kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorman”


“Paxtakor” klubi himoyachisi Anzur Ismoilov “Tezkor studiya” dasturida O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Yaqinda terma jamoa ustozi Vadim Abramov yonimga kelib Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar bo‘lib qolsa, yuqori qavatda o‘ynaydigan himoyachiga ehtiyoj bo‘lishini va yordamim kerakligini aytdi. Men esa agar yordamim kerak bo‘lsa qaytishga tayyorligimni aytdim. Foydam tegadigan bo‘lsa, terma jamoaga qaytishga tayyorman”, — deydi Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabr oyida Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Anzur milliy jamoada 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют