» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 160 ming kishidan oshib ketdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 160 ming kishidan oshib ketdi


Butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 160,7 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda — mamlakatda 38,9 ming odam vafot etgan. Ularning 13,1 ming nafari Nyu-York shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 23,2 ming qurbon bilan ikkinchi o‘rinda Italiya ketayotgan bo‘lsa, uning ortidan Ispaniya o‘rin olgan (20,6 ming).

Shuningdek, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda: mamlakatda 735 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Bu Ispaniya (194,4 ming), Italiya (175,9 ming), Fransiya (152,9 ming) va Germaniya (143,7 ming) davlatlari qo‘shib hisoblanganidan ham ko‘proq, demak.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 2,3 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan.

O‘zbekistonda esa 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1495 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 194 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют