» » Narx oshishi bo‘yicha norozilik murojaatlarining asosiy qismi qaysi viloyatlardan ekanligi aytildi

Narx oshishi bo‘yicha norozilik murojaatlarining asosiy qismi qaysi viloyatlardan ekanligi aytildi


Karantin davrida fuqarolarning narx-navo masalasida kelib tushayotgan norozilik murojaatlarining eng ko‘pi Qashqadaryo viloyatidan ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, bu haqda 19-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov tomonidan aytilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy gigiyena vositalarining narx-navosi oshib ketganidan norozi bo‘lib, shu kunga qadar departamentning ishonch telefonlari va veb-saytlariga jami 834 ta murojaat kelib tushgani bildirildi. Ushbu murojaatlarning asosiy qismi:

Mavzuga doir: Buxoroning Olot va Qorako‘l tumanlarida kartoshka 14 ming so‘mgacha oshgani aytilgandi. Tadbirkor esa 5 tonna kartoshka xarid qilib, aholiga 3,5 ming so‘mdan sotdi

Departament boshlig‘ining topshirig‘iga muvofiq, narx-navo bilan bog‘liq kelib tushgan murojaatlar zudlik bilan, alohida hollarda esa 2 kunlik muddatda joyiga chiqib o‘rganish tartibi joriy etilgan. Buning natijasida, kelib tushgan murojaatlarning 819 tasi yoki 98 foizi ko‘rib chiqilishi ta’minlangani bildirildi. Natijalarga ko‘ra, 256 ta murojaat bo‘yicha narxlarning oshishiga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganilib 103 ta holatda iste’mol bozorini arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, 71 ta holatda mahallalarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish, narxlarni asossiz oshirgan 28 nafar huquqbuzarlarning esa ma’muriy javobgarlik ishlari yuritilishi ta’minlangan.

Shu bilan birga, tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, murojaatlarning 563 tasi yoki 67,5 foizi o‘z tasdig‘ini topmagan. Bu esa har bir xodim va uning vaqti hisobda turgan bir sharoitda kuch va vositalardan besamar foydalanishga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Davlat soliq qo‘mitasi vakili narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirgan edi.

Mavzuga doir: Narx oshishi bo‘yicha norozilik murojaatlarining asosiy qismi qaysi viloyatlardan ekanligi aytildi

Undan avvalroq esa O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют