» » Ravshan Ermatov hakamlik qilgan JCh—2010 musobaqasidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Ravshan Ermatov hakamlik qilgan JCh—2010 musobaqasidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Janubiy Afrika Respublikasi  maydonlarida o‘tgan 2010-yilgi Jahon Chempionatida kiritilgan eng chiroyli gollar taqdim etiladi. Gollar reytingi FIFA talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Argentinaliklar jamoa qariyalari Xuan Sebastyan Veron va Gabriel Haynsening harakatidan keyin hisobni ochadi. Bu gol murosasiz kechgan o‘yin taqdirini hal qilib beradi. Mazkur o‘yin bilan Argentina—Nigeriya juftligining Jahon Chempionatlaridagi muntazam to‘qnashuvi boshlanadi. 2010-yildan buyon har bir JCh guruh bosqichida bu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelaveradi va ularda chiroyli gollar bo‘laveradi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda Muntari birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ajoyib golga muallif bo‘ladi. Biroq ikkinchi bo‘limda hisob tenglashadi va qo‘shimcha bo‘limlar so‘nggida nimalar bo‘lganini futbol muxlislari juda yaxshi biladi: Luis Suares o‘zini “qurbon” qilgan holda jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqandi.

Angliyaning bir qarashda oson tuyulgan guruhdan ikkinchi o‘rinda chiqishi natijasida bu ikki nomdor raqib 1/8 finaldayoq o‘zaro to‘qnash kelib qoladi. “Nemis mashinasi” qit’adoshiga hech qanday imkon qoldirmagan holda yirik hisobda g‘alaba qozonadi, Podolski esa jamoasining ikkinchi golini mana shunday usulda kiritadi.

Amaldagi Jahon Chempionlari musobaqani juda omadsiz o‘tkazadi. Dastlabki ikki turda Paragvay va Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynab qo‘ygan apenninliklar keyingi bosqichga chiqish uchun kamida durang o‘ynashi zarur edi. Biroq Kvalyarella so‘nggi daqiqalardagi ushbu shedevr goli ham italyanlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmaydi.

Ravshan Ermatovning hushtagidan so‘ng JCh—2010 musobaqasini ochib bergan o‘yin. Mezbonlar yetakchisi Tshabalala musobaqaning ilk golini mana shunday chiroyli tarzda kiritadi.

Uchrashuvda muvozanat saqlanib turgan bir vaqtda Luis Suares 80-daqiqada ajoyib zarbasi bilan dubl qayd etgan holda jamoasining g‘alaba to‘pini kiritadi.

Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Teves uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Meksikaliklar ilk o‘yinda bo‘lgani kabi mazkur musobaqadagi so‘nggi o‘yinida ham chiroyli gol o‘tkazib yuboradi.

Germaniya uchinchi turga qadar bir mag‘lubiyat va bir g‘alaba qayd etgan holda yetib kelgan, keyingi bosqichga yo‘l olish uchun ushbu bahsda ochko ishlashi shart edi. Mesut O‘zilning yagona goli nemislarga g‘alaba bilan birga guruh peshqadamligini taqdim etadi.

Final ostonasidagi bahsda van Bronxorst o‘zining aqlbovar qilmas zarbasi bilan hisobni ochgandi. Umuman olganda mazkur musobaqada to‘pning kutilmagan trayektoriya tufayli darvozadan olishi juda ko‘p kuzatilgan. Bunga “darvozabonlar dushmani” deb nom olgan musobaqaning rasmiy to‘pi “Jabulani” sabab qilib ko‘rsatiladi. JCh—2010 uchun maxsus chiqarilgan ushbu to‘pni ko‘pchilik darvozabon va murabbiylar tanqid ostiga olgandi.

Kuchli o‘nlikni yana Urugvay ishtirokidagi o‘yinda kiritilgan gol yakunlab beradi. Musobaqaning brozna medallari uchun kechgan o‘yinda Diyego Forlan to‘pga ayyorrona zarba bergan holda nemislar posbonini tomoshabinga aylantirgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют