» » Ueyn Runi: Tan olish juda og‘ir, ammo “Liverpul” hozirda eng kuchli hujum chizig‘iga ega

Ueyn Runi: Tan olish juda og‘ir, ammo “Liverpul” hozirda eng kuchli hujum chizig‘iga ega


“Derbi Kaunti” klubi hujumchisi Ueyn Runi “Liverpul” hujum chizig‘ini dunyodagi eng kuchlisi deb atadi.

“Gollar o‘yinchilarning bir-birini o‘zaro tushunib harakat qilishiga bog‘liq, “Liverpul” hujum uchligi bunda ideal namuna. Muhammad Saloh va Sadio Mane hujumning chuqurroq bo‘lishini ta’minlab beradi, raqiblar darvoza oldidan nari ketishlariga to‘g‘ri keladi, bu esa Roberto Firminoga ichkariga kirish imkoniyatini yaratadi. Markaziy himoyachilar xotirjam tortadi, Saloh va Mane esa aqlbovar qilmas tezlikda bo‘sh zonalar sari yurish qiladi.

Bu menga Franchesko Tottining o‘yinini eslatib yuboradi. U “Roma”da “o‘ninchi raqam” sifatida harakat qilgani va ikki vinger qanotlardan hujumga o‘tgan paytni yodga soladi.

Buni tan olish juda og‘ir, biroq ayni damda “Liverpul” dunyodagi eng kuchli hujum chizig‘iga ega”, — dedi Runi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют