» » O‘zbekistonda yana 20 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlar soni 214 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 20 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlar soni 214 nafarga yetdi


19-aprel, yakshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 20 nafari butunlay tuzaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ularning 10 nafari Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan, yana 10 nafari Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan chiqarilgan.

Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan tuzalib chiqqan 10 nafar bemorning barchasi 2020-yil 25-mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Sog‘ayganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ularning 3 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalib chiqqan 10 nafar bemorning 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan.

Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, yuqtirib olgan. Shuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan Toshkentga kelgan va “Sokol” oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva—Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelgach, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgan.

Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlagan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Shunday qilib, 19-aprel soat 16:06 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan butkul sog‘ayganlar soni 214 kishiga yetdi.

18-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda 38 nafarga yetib, jami 194 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1495 nafarni tashkil etmoqda, o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan to‘rt bemor vafot etgan.

Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi 73 nafar o‘zbekistonlikda ham koronavirus aniqlangan, ularning kamida to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, bir nafari esa Rossiyada bo‘lib turgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют