» » Onasi tug‘ruqxonaga vertolyotda yetib olgan dehqonobodlik chaqaloqqa viloyat hokimi sovg‘asi topshirildi

Onasi tug‘ruqxonaga vertolyotda yetib olgan dehqonobodlik chaqaloqqa viloyat hokimi sovg‘asi topshirildi


Onasi tug‘ruqxonaga vertolyotda yetib olgan dehqonobodlik chaqaloqqa viloyat hokimi Zoir Mirzayevning sovg‘asi topshirildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyotda tug‘ruqxonaga olib borilgan Hulkar Normo‘minovaning farzandli bo‘lganidan xabar topgach chaqaloq uchun sovg‘a yuborgan.

“Viloyat rahbari chaqaloqning eson-omon dunyoga kelganidan xursand bo‘lib, ota-onasini tabrikladi. Shifokorlarga minnatdorchilik bildirib, ona-bolaning salomatligi bilan qiziqdi”, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Eslatib o‘tamiz, Dehqonobod tumani markazidan 180 kilometr uzoqlikdagi Shaxshor qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli homilador ayol Hulkar Normo‘minovaning tobi qochib, erta tug‘ruq holati kuzatilgani uchun 16-aprel kuni vertolyotda shifoxonaga olib borilgandi. 17-aprel kuni kechi payt esa o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют