» » Ta’lim inspeksiyasi: “O‘zbekistondagi 731 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchilarga attestat berish vakolati yo‘qolishi kutilmoqda”

Ta’lim inspeksiyasi: “O‘zbekistondagi 731 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchilarga attestat berish vakolati yo‘qolishi kutilmoqda”


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimova fuqarolar tomonidan kelayotgan savollarga javob qaytardi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, savollarning aksariyati ta’lim maskanlarida o‘tkaziladigan attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlari, xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish masalalari bilan bog‘liq.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin sabab abituriyentlar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining “Karantin boshlangunga qadar ayrim maktablarda attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlari boshlanib, ular yakuniga yetmagan edi. Nizom bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan maktablar o‘z bitiruvchilariga attestat berishga haqli emas. Bu masala qanday yechim topadi?”, — degan savoliga inspektsiya rasmiysi shunday javob berdi.

Hozirda Ta’lim inspeksiyasida maktablar attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi jarayoni elektron platforma orqali onlayn monitoring qilinmoqda. Ushbu platforma qisqa vaqt ichida maktablar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni to‘plashda qulaylik yaratyapti. Shuningdek, attestatsiya jarayonidagi byurakratik to‘siqlarni olib tashlash, korrupsiyani oldini olish, mutaxassislarning vaqti va yo‘l xarajatlarini tejash hamda tezkor axborot almashish imkonini bermoqda.

Bundan tashqari, attestatsiya va davlat akkreditatsiya jarayonlarida maktabning o‘ziga borgan holda amalga oshiriladigan jarayonlar mavjud. Biroq hozirgi karantin tartibi sabab buni iloji yo‘q. Ushbu holatda respublika bo‘yicha 731 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi guvohnomasini amal qilish muddati tugab, bitiruvchilarga davlat namunasidagi attestat berish vakolati yo‘qolishi kutilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tashqi attestatsiyadan o‘tkazish grafigiga muvofiq, 2020-yil 16-martdan keyin attestatsiyaga jalb qilinadigan maktablarning davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi guvohnomalarining amal qilish muddatini karantin tugagunicha uzaytirishga ruxsat berish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

Feruza Madrahimova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют